“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 9-turida “Jirona”ga qarshi (2:1) o'yin davomida ikkita sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi. Shu sababli, u kelasi turda “Real Madrid”ga qarshi kechadigan La Ligadagi “el-klasiko” uchrashuvida jamoasiga bevosita yordam bera olmaydi.“Barselona” “Jirona” ustidan qozongan g'alabadan so'ng 22 ochko jamg'ardi va Ispaniya chempionati jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. “Real” esa bir ochkoga kam — 21 ochko bilan ikkinchi pog'onada, ammo jamoaning 19 oktyabr kuni “Xetafe”ga qarshi o'yini zaxirada qolgan.Ispaniya — Primera. 10-tur2025 yil 26 oktyabr, yakshanba. Soat 20:15Real Madrid (Madrid) - Barselona (Barselona)“El-klasiko” oldidan har ikki klub Chempionlar ligasida ham maydonga tushadi:“Barselona” 21 oktyabr kuni Gretsiyaning klubi “Olimpiakos”ga qarshi o'ynaydi.“Real” esa 22 oktyabr kuni “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.
O'qildi: 24555 - Fikirlar: 0
O'qildi: 14554 - Fikirlar: 0