Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan “Barselona” — “Jirona” uchrashuvi yakuniga etdi. Bellashuv “Olimpik Lyuis Kompanis” stadionida bo'lib o'tdi va maydon egalari 2:1 hisobida zafar qozonishdi.Birinchi bo'limning 13-daqiqasida hisobni Pedri ochdi, ortidan Aksel Vitsel jarima maydoni ichida chalqancha zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Qattiq yomg'ir ostida kechgan bellashuvda har ikki jamoa ham ko'plab imkoniyatlar yaratdi, ammo uzoq vaqt davomida hisob o'zgarmadi. 82-daqiqada maydonga zaxiradan tushgan Ronald Arauxo 90+3-daqiqada Frenki de Yong uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga kiritib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.Bu g'alabadan so'ng “Barselona” 22 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. “Real” 21 ochko bilan ikkinchi pog'onada. “Jirona” esa 6 ochko bilan 18-o'rinda qolmoqda.Ispaniya — Primera. 9-tur2025 yil 18 oktyabr, shanba.Barselona (Barselona) — Jirona (Jirona) — 2:1Gollar: 1:0 — Pedri (13'), 1:1 — Vitsel (20'), 2:1 — Arauxo (90+3')
O'qildi: 24552 - Fikirlar: 0
O'qildi: 14553 - Fikirlar: 0