Hujumchi Robert Levandovskining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. "Barselona" polshalikka yangi shartnoma taklif qilmasligi va kelasi yozda hujum chizig'ida yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ammo Levandovski bo'yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi.
Ispaniyaning Sport nashri polshalik jurnalist Mateush Svensitskiga tayanib xabar berishicha, Levandovski faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin. Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone 37 yoshli polyakni yuqori baholamoqda.
"Milan" - ehtimoliy variant, ammo menda Levandovski mavsumni "Atletiko"da o'tkazadi, degan taxmin bor. U Syorlot bilan o'ynab, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. "Barselona"dan "Atletiko"ga Luis Suares va David Vilya o'tgandi," - deydi jurnalist.
Qayd etilishicha, Robert Levandovski ikkinchi darajali roli uchun maoshi kamaytirilgan taqdirda ham "Barselona"da qolishni afzal ko'radi. Agar ketadigan bo'lsa, Evropada faoliyatini davom ettirishi ustuvor bo'ladi.
O'qildi: 24560 - Fikirlar: 0