“Barselona” prezidenti Joan Laporta klub tarixidagi eng yirik loyiha — “Kamp Nou” stadioni rekonstruktsiyasi haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, yangi “Spotify Kamp Nou” dunyodagi eng zamonaviy stadion bo'ladi.— “Spotify Kamp Nou” — bu “Barselona” muxlislarining umumiy orzusi va kelajak avlodlarga qoladigan merosdir. Men muzlatib qo'yilgan loyihani qayta jonlantirishga jasorat topdim. Bu qarorni klubning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun qabul qildik. Eng muhimi — klub a'zolari o'z orzusining amalga oshishini ko'rishlari kerak edi.Idoramiz ruxsatnomalarni olish uchun tinmay ishladi. Klub rahbariyati nomidan stadionni foydalanishga qabul qilish bo'yicha birinchi litsenziyani olishga ko'maklashgan barchaga minnatdorlik bildiraman.Bu orzu endi reallikka aylandi. Albatta, bu yo'l oson bo'lmadi. Biz qabul qilib olgan meros deyarli inqiroz holatida edi. Ammo barcha qiyinchiliklarga qaramay, “Barselona” hech kimning nazorati ostida qolmadi. Biz mustaqillikka erishdik. Bizda o'yini bilan maftun etuvchi jamoa bor va birgalikda dunyodagi eng yaxshi stadion — “Spotify Kamp Nou”ni quryapmiz.Juda muhim jihat shundaki, klub o'z a'zolariga tegishli bo'lib qolishi kerak. To'rt yildirki, men klubni aktsiyadorlik jamiyatiga aylantiramiz, degan gaplarni eshitaman. Biz shuni kafolatlaymizki, “Barselona” a'zolar klubi bo'lib qoladi — ehtimol, bu jihatdan biz yagonamiz.Biz haqimizda fikr bildiruvchi “mutaxassislar” va boshqaruv bo'yicha maslahatchilarga aytaman: bizdan uzoq yuringlar. “Barselona” — bu kompaniya emas, balki global tashkilot. Bizda jamiyatdagi eng ehtiyojmandlar uchun maxsus dasturlarni amalga oshiradigan fond bor. Dunyodagi hamma narsa biznes emas — futbolda ijtimoiy va sport tamoyillari ham mavjud, ularni biznes maktablarida o'rgatishmaydi,” — dedi Laporta klubning umumiy majlisida.
O'qildi: 24561 - Fikirlar: 0