"Barselona" hujumchisi Ferran Torres klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Kuni kecha "ko'k-anorranglilar" xavbek Frenki de Yong bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi, navbatda himoyachi Erik Garsiya ekani haqida avval ham bir necha bor xabar berilgandi. Jurnalist Alfredo Martinesning ma'lum qilishicha, Garsiya bilan kelishuv uzaytirilishi bilanoq Kataloniya grandi Torres bilan shartnomani uzaytirish bilan shug'ullanadi. "Barsa" ispaniyalik hujumchini loyihaning muhim qismi deb hisoblamoqda va sport direktori Deku bitim tafsilotlarini tezda hal qilishga umid qilmoqda.
Ferran Torres joriy mavsumda o'nta bahsda beshta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan.
O'qildi: 24563 - Fikirlar: 0
O'qildi: 14559 - Fikirlar: 0