
"Barselona" sport direktori Dekuning aytishicha, klub hozircha qishki transfer davrida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirayotgani yo'q.«Hozircha bozorga chiqish uchun sabab ko'rmayapman. Oldimizda hali butun mavsum bor va barchasi jarayonda aniq bo'ladi. Hech bir futbolchi jamoani tark etish istagini bildirgani yo'q, shuning uchun bu holat rejalarimizga ta'sir qilmaydi.Agar vaziyat o'zgarsa yoki haqiqiy ehtiyoj tug'ilsa, biz javob berishga tayyor bo'lamiz. Aniq ismlarni tilga olmoqchi emasman, ammo vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz», — deya Dekuning so'zlarini Football Espana nashri keltiradi.Eslatib o'tamiz, hozirgi vaqtda "Barselona" Ispaniya chempionatida 9 ta o'yindan so'ng 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalida 24 ochko to'plagan "Real" etakchilik qilmoqda.
O'qildi: 24506 - Fikirlar: 0





490