
Madridning «Real» klubi La Liga tomonidan 17-tur doirasidagi «Vilyarreal» — «Barselona» uchrashuvini AQShda o'tkazmaslik haqida qabul qilingan qarordan mamnun. Bu haqda COPE xabar berdi.Eslatib o'tamiz, bellashuv 2025 yil 20 dekabr kuni Mayami shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.Manba ma'lumotlariga ko'ra, «qirollik klubi» rahbariyati bunday turdagi o'yinni tashkil etish Ispaniya chempionati uchun jiddiy pretsedent bo'lishi mumkin, deb hisoblagan.«Real» vakillari fikricha, Primera jamoalari futbolchilari tomonidan bildirilgan norozilik va La Liga rahbariyatining ushbu holatni yashirishga urinishi uchrashuvni Mayamida o'tkazishdan voz kechishga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatgan.Avvalroq 9-tur uchrashuvlarida La Liga jamoalari hakamning o'yinni boshlash haqidagi hushtagidan so'ng bir necha soniya harakatsiz turib, mamlakat tashqarisida o'yin o'tkazish rejasiga nisbatan norozilik bildirishgan edi. Shuningdek, «Ovedo» — «Espanol» o'yini translyatsiyasida mazkur aktsiya efirga uzatilmagan.
O'qildi: 24498 - Fikirlar: 0





344