
«Barselona» klubi o'zining rasmiy sayti orqali La Liga tomonidan AQShda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Vilyarreal»ga qarshi 17-tur uchrashuvi bekor qilinganidan afsusda ekanini bildirdi. Bellashuv 2025 yil 20 dekabr kuni Mayami shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.«Barselona» Mayamida “Vilyarreal”ga qarshi 17-tur doirasida o'tkazilishi kutilgan uchrashuv bekor qilingani haqidagi qarorni hurmat qiladi va qabul qiladi. Xuddi shunday, klub avval qabul qilingan o'yinni o'tkazish haqidagi qarorni ham hurmat bilan qabul qilgan edi.“Barselona” musobaqa nufuzini strategik bozorda kengaytirish imkoniyati qo'ldan boy berilganidan afsusda. Bu bozor o'sish salohiyatiga ega va barcha ishtirokchilar manfaati yo'lida qo'shimcha resurslar yaratishga qodir edi. Klub AQShdagi muxlislardan ko'rsatilgan qo'llab-quvvatlash va mehr uchun minnatdorlik bildiradi hamda ular rasmiy o'yinni o'z mamlakatlarida tomosha qila olmasligidan chuqur afsusda», — deyiladi «Barselona» bayonotida.
O'qildi: 24497 - Fikirlar: 0





421