
"Barselona" jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning "Real"ga qarshi Ispaniya chempionati o'yini uchun diskvalifikatsiyasi bekor qilinishiga erishmoqchi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, payshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Apellyatsiya qo'mitasiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishgan.
Eslatib o'tamiz, Flik dam olish kunlari "Jirona"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgandi. Nemis ikkinchi ogohlantirishdan keyin maydondan chetlatildi. Arbitr murabbiyning harakatlarida qarorga norozilikni ko'rdi.
"Barselona" apellyatsiyasida aytilishicha, hakamning protokoldagi yozuvlari videoda ko'rish mumkin bo'lgan narsalarga mos kelmaydi. Avvalroq Intizom qo'mitasi kataloniyaliklarning dalillarini qabul qilmagan va Flikni diskvalifikatsiya qilgandi. Agar bu shikoyat ham qanoatlantirilmasa, unda "Barselona" Ispaniya ma'muriy sport tribunaliga murojaat qilishi mumkin.
"Real" - "Barselona" uchrashuvi 26 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.





337