
Madridning «Real» klubi La Liganing 10-turida «Barselona»ga qarshi o'yinda almashinuv vaqtida o'zini nojoiz tutgani uchun hujumchi Vinisius Juniorni jazolamaslikka qaror qildi.Uchrashuvning 72-daqiqasida bosh murabbiy Xabi Alonso Vinisiusni maydondan olganidan so'ng, braziliyalik futbolchi juda g'azablangan holda to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l olgan va murabbiy bilan qo'l siqishni rad etgan. U maydonni tark etayotganda o'zining noroziligini ochiq bildirib, hatto:«Men jamoadan ketaman. Shunday bo'lgani yaxshi. Hammasi jonga tegdi», — degan.Biroq Marca nashri ma'lumotiga ko'ra, «Real» rahbariyati futbolchiga nisbatan jarima yoki boshqa intizomiy chora ko'rish niyatida emas. Klubda bu masala jamoa ichida hal etiladigan vaziyat, deb baholanmoqda va bu murabbiy bilan o'yinchi o'rtasidagi ichki munosabat sifatida qaralmoqda.Ma'lum qilinishicha, o'yindan so'ng Vinisius va Alonso bir-birini g'alaba bilan tabriklashgan va intsident yopiq, deb hisoblanmoqda.Shu bilan birga, klub ichida braziliyalik hujumchining almashinuv vaqtidagi xatti-harakatidan mamnun emaslar. «Real»da bu holat nomunosib deb baholandi va Vinisius kelgusida shunday vaziyatlardan to'g'ri xulosa chiqarishi kutilmoqda.





623