
"Barselona" Lamin Yamalning maydondan tashqaridagi harakatlariga e'tibor qaratmoqchi.
La Liganing 10-turida "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan klasiko oldidan, 18 yoshli vinger Kings League media-ligasi strimida "Real" "firibgarlik va shikoyat" qilayotganini aytdi. Xabar qilinishicha, "Barselona" Yamalning so'zlaridan norozi bo'lib, uni "haddan oshdi" deb hisoblagan.
Diario Sport xabariga ko'ra, "Barselona" Yamalning so'zlari "Real" uchun klasikoda "yoqilg'i" bo'ldi, deb hisoblamoqda. Kataloniyaliklar direktorlar kengashiga "qaymoqranglilar"ning bir necha futbolchisi Laminga qarshi chap qanotda o'ynash istagini bildirgani haqida ma'lumot kelib tushdi.
Kataloniya klubi va Yamalaning agenti Jorje Mendesh kelajakda bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, futbolchining shaxsiy hayotiga ortiqcha e'tibor qaratmaslik uchun bundan buyon vingerning xatti-harakatlariga e'tiborliroq bo'lish niyatida.
O'qildi: 12658 - Fikirlar: 0





618