
“Barselona” rahbariyati Lamin Yamalning jarohati surunkali muammoga aylanib qolishidan xavotirlanishmoqda. Bu haqda “The Sun” nashri xabar tarqatdi. Klub 18 yoshli hujumchining shu mavsumda olgan son sohassidagi jarohati surunkali tus olishi mumkinligidan cho'chimoqda. Manbaga ko'ra, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Lionel Messi ham yoshlik paytida shunga o'xshash jarohatni olgan, ammo u to'liq tiklanishga erishgan.Avvalroq ommaviy axborot vositalari Yamalga jarrohlik amaliyoti o'tkazish ehtimoli ham borligini, agar og'riq va noqulaylik saqlanib qolsa, shunday qaror qabul qilinishi mumkinligini xabar qilgan edi.Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalar doirasida sakkizta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 200 million evroni tashkil etadi.
O'qildi: 23521 - Fikirlar: 0





615