Transfermarkt portali Ispaniya chempionatining eng qimmat futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Reytingni «Barselona» sardori Lionel Messi egalladi. Portal uni 90 mln funtga baholagan.Ro'yxatda ikkinchi pog'onanini «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak 81 mln funt bilan band etdi. Uning jamoadoshi Joau Felish kuchli uchlikka kirdi (72 mln funt).Dastlabki beshlikka "Real"dan birorta ham o'yinchi kirmadi. To'rtinchi va beshinchi pog'onalarni «Barselona» o'yinchilari — Ansu Fati va Antuan Grizmann egallashdi. Ularning narxi ham 72 mln. funtga teng bo'ldi. "Qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtua 67.5 mln. funt narx bilan oltinchi pog'onanini band etdi.La liganing eng qimmat futbolchilari (Transfermarkt):1. Lionel Messi («Barselona») — 90 mln funt2. Yan Oblak («Atletiko») — 813. Joau Felish («Atletiko») — 724. Ansu Fati («Barselona») — 725. Antuan Grizmann («Barselona») — 726. Tibo Kurtua («Real») — 67,57. Mark-Andre ter Shtegen («Barselona») — 67,58. Rafael Varan («Real») — 639. Frenki De Yong («Barselona»)— 6310. Federiko Valverde («Real») — 63.
9-Oktyabr 2020,11:20