
«Barselona» Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keynning ehtimoliy transferi bo'yicha ma'lumot to'plamoqda.
Angliyalik futbolchi Ispaniyaga ko'chib o'tish imkoniyatiga ijobiy qaraydi, deb xabar berdi Sport.es.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli hujumchining shartnomasida 2026 yil yozida kuchga kiradigan 65 million evroga teng bo'lgan tovon puli bandi mavjud. «Ko'k-anorranglilar» Keynni 37 yoshli Robert Levandovski o'rniga olishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, transfer klubning moliyaviy ahvoliga bog'liq bo'ladi.
Keynga faqat «Barselona» emas, balki uni qayta olib kelmoqchi bo'lgan sobiq jamoasi «Tottenxem» hamda Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 3 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 75 million evroga teng.
O'qildi: 58468 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23525 - Fikirlar: 0





271