
«Barselona» 2026 yil yozida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi El Nacional nashri.Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" norvegiyalik forvard uchun «Manchester Siti»ga yarimhimoyachi Dani Olmo va qo'shimcha pul taklif qilishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Olmo uzoq vaqtdan beri «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga ma'qul bo'lib kelayotgan futbolchi hisoblanadi.27 yoshli Olmo — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U 2024 yildan buyon asosiy jamoa safida to'p surmoqda. Hozirgacha u barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati — 60 million evro.Xolandning «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor narxi — 180 million evroni tashkil etadi.
O'qildi: 61777 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23527 - Fikirlar: 0





300