
"Madrid"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar ligasi tarixida maydonda eng ko'p vaqt o'tkazgan futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik yulduz ushbu musobaqada 183 ta o'yinda jami 15 758 daqiqa maydonda bo'lgan.Ikkinchi o'rinni «Barselona»ning sobiq forvardi Lionel Messi egalladi — uning hisobida 163 ta o'yin va 13 577 daqiqa bor. Manbaga ko'ra, bu reytingga darvozabonlarning o'yin vaqti kiritilmagan.Chempionlar ligasi tarixida eng ko'p daqiqa maydonda bo'lgan futbolchilar (2025 yil noyabr holatiga):1. Krishtianu Ronaldu — 183 o'yin, 15 758 daqiqa2. Lionel Messi — 163 o'yin, 13 577 daqiqa3. Serxio Ramos — 142 o'yin, 12 449 daqiqa4. Raul Gonsales — 142 o'yin, 11 989 daqiqa5. Toni Kroos — 151 o'yin, 11 635 daqiqa
O'qildi: 62723 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23528 - Fikirlar: 0





328