
Juma kuni Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi yig'ini uchun tarkibi e'lon qilindi.Bosh murabbiy Luis de la Fuente quyidagi futbolchilarni chaqirishga qaror qilgan: Simon, Rayya, Remiro — Laport, Vivian, Grimaldo, Lorente, Kukurelya, Kubarsi, Xyoysen, Porro — Ruis, Subimendi, Merino, Alesh Garsiya, Barrios, Baena, Fornals — Oyarsabal, Pino, Olmo, Fermin Lopes, Yamal, Torres, Agexova, Iglesias.Ro'yxatda "Barselona" vingeri Lamin Yamal ham bor. U so'nggi vaqtlarda son qismidagi muammolar sabab bir qator o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi. Ilgari ayrim OAVlar futbolchining jarohati surunkali tus olishi mumkinligini xabar qilgandi.Ispaniya terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Gruziya (15 noyabr) va Turkiya (18 noyabr) jamoalariga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.
O'qildi: 62759 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51611 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23542 - Fikirlar: 0





349