
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klubning chempionlik paradi vaqtida Lamin Yamal Falastin bayrog'ini ko'tarib chiqqani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Laminning Falastin bayrog'i bilan ko'rinish bergani — bunday narsalar menga yoqmaydi. Men u bilan gaplashib oldim, agar u shunday qilishni istasa — bu uning qarori. U 18 yoshda, balog'atga etgan. Odamlar bizdan nima kutayotganini hisobga olishimiz kerak...
Kecha ko'rganlarim juda ta'sirli edi. Odamlar juda baxtli edilar, biz esa bu erda futbol o'ynash va insonlarni baxtiyor qilish uchun yig'ilganmiz. Men jamoam bilan faxrlanaman. Bizda jarohatlar ko'p bo'ldi... Oson bo'lmadi. Asosiy o'yinchilarimiz — Lamin, Pedri, Rafinya, Frenkilardan foydalana olmadik. Oxirgi ikki oy ichida juda katta o'sishga erishdik. Bu ajoyib va aynan mana shu jihat g'alabalarimiz, jumladan, «klasiko»dagi muvaffaqiyatimiz kaliti bo'ldi.
Biz eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoamiz, buni hech kim kutmagan edi», — dedi Flik.
O'qildi: 147239 - Fikirlar: 0





338