
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen haqida o'z fikrlarini bildirdi.
33 yoshli golkiper qish boshida yana maydonga qaytishi mumkin, ammo unga "ko'k-anorranglilar" safida o'yin amaliyoti kafolatlanmagan. U yanvarda JCh-2026 sabab yangi klubga o'tishi mumkin.
"O'tgan haftada Mark bilan telefonda uzoq suhbatlashdim. U o'zini yaxshi his qilmoqda, bu eng muhimi. Qishki transfer oynasi hech qachon oson bo'lmaydi. Men "katta klubda o'ynashi kerak", deb aytmaganman, eng muhimi u muntazam o'ynashi, klub qanchalik yuqori darajada bo'lishidan qat'i nazar. Vaziyat oson emas, endi uning formasi va jismoniy tayyorgarligini baholash kerak.
Mark ajoyib darvozabon, va men ishonamanki, u o'ziga mos echim topib, yana muntazam o'ynashni boshlaydi. Ko'ramiz nima bo'lar ekan", - dedi Nagelsmann.
Avvalroq ter Shtegenga Angliya Premer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirayotgani xabar berilgan edi.
O'qildi: 56883 - Fikirlar: 0





492