"Barselona" yulduzi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 saralash bosqichidagi so'nggi o'yinlarida qatnashmaydi. 

Vunderkind chov sohasidagi noqulaylik tufayli terma jamoa tarkibidan chetlashtirilgani va bu 7-10 kunlik reabilitatsiyani talab qilishi aytilmoqda. Ispaniya terma jamoasidagilar futbolchi davolanishni oldindan ogohlantirmasdan boshlaganidan hayratda.

Yamal chov sohasidagi jarohati tufayli bu mavsum "Barselona" safida 4 o'yinni o'tkazib yuborgandi. Uning terma jamoadagi so'nggi o'yini 7 sentyabr kuni Turkiyaga qarshi bo'lib o'tgan. Lamin joriy mavsum La Liganing 8 o'yinida 4 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.