
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" bilan manfaatlar to'qnashuvi haqidagi savolga javob berdi.
"Ko'k-anorranglilar" futbolchilari terma jamoa safida tez-tez jarohat olishgan. Taxminlarga ko'ra, "qizil furiya" murabbiylar shtabi Kataloniya klubi vakillarining charchagan futbolchilarning yuklamasini me'yorlashtirish bo'yicha iltimoslarini e'tiborsiz qoldirgan.
"Biz "Barsa" bilan jang qilmaymiz. Barchamiz bir narsani - natijaga erishishni xohlaymiz. Bizning umumiy manfaatlarimiz bor. Men "Barselona"ning qarorlarini hurmat qilaman, ammo mening qarorlarim ham hurmat qilinishini istayman", - deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Noyabr oyida ispanlar Gruziya (15.11) va Turkiya (18.11) terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
O'qildi: 56897 - Fikirlar: 0





354