
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klubga futbolchi sifatida qaytmasligini ma'lum qildi.
"Barsa" tarbiyalanuvchisi 2021 yilning yozida klubni erkin agent sifatida tark etgandi. Kuni kecha Argentina terma jamoasi a'zosi kataloniyaliklarning uy stadioni "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi.
- Messi "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi.
- Men buni oldindan bilmasdim. Menimcha, bu juda yoqimli tuyg'u. "Barselona" bilan o'z-o'zidan faxrlanish. Bu uning uyi. Bizning munosabatlarimiz yaxshi. Unga hech qanday xabar jo'natmadim. Biz uni bu erda yaxshi ko'ramiz. Bu er uning uyi va u bundan xabardor. Biz doim aytardik: agar u eng chiroyli kutib olinsa, to'g'ri bo'lardi. O'ylaymanki, bu bir kun kelib sodir bo'ladi va ajoyib bo'ladi.
- Leo shunday dedi: "Men "Barselona"dan tasavvur qilganimdek, orzu qilganimdek ketmadim, u erda butun umrimni o'tkazdim. G'alati tuyg'u qoldi, lekin odamlarning muhabbati doim men bilan birga bo'ladi".
- Bo'lib o'tgan voqeani hisobga olsak, men hech narsadan afsuslanmayman. "Barsa" hammadan ustun. Bu hammamiz xohlaganimizdek emas edi, lekin o'sha paytda buni boshqacha qilishning iloji yo'q edi. Agar Messiga ehtirom ko'rsatish orqali buni to'g'rilash mumkin bo'lsa, xursand bo'lardik.
- U o'yinchi sifatida qaytishi mumkinmi?
- Leo Messining "Barselona"ga futbolchi sifatida qaytishi haqida gapirish haqiqatga to'g'ri kelmaydi", - dedi Laporta Catalunya Ràdio bilan suhbatda.
O'qildi: 56893 - Fikirlar: 0





331