
Lamin Yamal chov sohasidagi muammolar tufayli davolanishga muhtoj bo'lgani uchun Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chetlatildi. Federatsiya va terma jamoa "Barselona" Yamalning davolanishi haqida o'z vaqtida xabar bermaganidan norozi bo'ldi. Kataloniya klubi rahbari Joan Laporta ushbu e'tirozlarga javob qaytardi.
"Yamalni ko'rikdan o'tkazgan shifokor xulosasini olganimizda federatsiyaga xabar berdik. Shifokorlarimiz ma'lumotni darhol federatsiya shifokorlariga etkazishdi. Biz hech qanday tortishuvni xohlamaymiz.
Mutaxassis dushanba kuni keldi, tashxis qo'ydi, davolanishni buyurdi. "Barselona" Yamalning eng yaxshi formada bo'lishini istamoqda. Bu terma jamoa o'yinlari vaqtiga to'g'ri keldi, ammo jamoa shundoq ham Yamalsiz ham saralashda ishonchli harakat qilmoqda," - dedi Laporta Catalunya Radio nashriga.
"Barselona" La Liga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
O'qildi: 56890 - Fikirlar: 0





602