Ispaniyada Yamalga mukofot topshirildi
"Barselona"ning iste'dodli futbolchisi Lamin Yamalga "Marca" tomonidan mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga topshiriladigan Alfredo Di Stefano nomidagi nufuzli mukofot berildi.
18 yoshli vinger Kilian Mbappe, Vinicius Junior hamda jamoadoshlari Pedri va Rafinyani ortda qoldirib, sovrinni qo'lga kiritdi.
Yamal uchun bu mukofot uning tez rivojlanishining yana bir tasdig'idir. Futbolchi individual mukofotlar jamoaning kuchli mavsumini aks ettirishini ta'kidladi va bunday yutuqlar uni yanada ko'proq ishlashga ilhomlantirishini ta'kidladi.
Yamal marosimdan so'ng La Liga va Chempionlar Ligasidan tortib "Oltin to'p" va Jahon chempionatigacha bo'lgan barcha sovrinlar uchun kurashish niyatini bildirdi:
"Men hamma narsani yutishni xohlayman. O'ynar ekanman, buning iloji bor", – dedi u.
Lamin Yamal joriy mavsum 11 o'yinda maydonga tushib, 6 ta to'p kiritdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (35313/+19)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2025)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1817)
Eng ko'p o'qilgan
16-Noyabr
09:00
"Barselona" hozircha Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilishga ikkilanmoqda
O'qildi: 22487 - Fikirlar: 0
O'qildi: 22487 - Fikirlar: 0
22-Noyabr
19:28
La Liga. "Barselona" – "Atletik": Yamal, Levandovski va Berenger asosiyda!
O'qildi: 16351 - Fikirlar: 0
O'qildi: 16351 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
21:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





251