
Myunxenning "Bavariya" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn uning "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Men hech kim bilan aloqaga chiqmadim, hech kim men bilan bog'lanmadi. Hozirgi vaziyatda o'zimni juda qulay his qilyapman, garchi "Bavariya" bilan vaziyatimni hali muhokama qilmagan bo'lsak-da. Shoshilishning hojati yo'q. Men Myunxenda juda baxtliman. Bu mening o'yinimdan ko'rinib turibdi. Agar aloqa bo'lsa, keyin ko'ramiz. Ammo hozircha yangi mavsum haqida o'ylamayapman. Oldinda - yozda jahon chempionati. Va bu mavsumdan keyin hech narsa o'zgarmasa kerak", - deya Keynning so'zlarini keltiradi jurnalist Tobi Altshaffl X ijtimoiy tarmog'ida.
Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 16370 - Fikirlar: 0





416