
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Mark Bernalni yorqin kelajak kutmoqda, deb hisoblamoqda.
Mavsum boshida 18 yoshli futbolchi xochsimon bog'lamidagi jarohatini davoladi, shu sababli u bir yildan ko'proq vaqtni o'tkazib yuborgandi. Shanba kuni yosh xavbek so'nggi 15 oydan ko'proq vaqt ichida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Sentyabr oyi oxirida Bernal "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi. Sport nashri xabariga ko'ra, Laporta kelishuvdan so'ng futbolchi bilan dadil rejalarini o'rtoqlashgan: "Agar hammasi biz xohlagandek bo'lsa, bir kun kelib sen "Barselona" sardoriga aylanasan.
Mark Bernal Kataloniya grandining asosiy jamoasi safida o'nta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'lgan.
O'qildi: 17557 - Fikirlar: 0





350