"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino 2018 yilning yozida «Liverpul»dan "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishini noto'g'ri qaror bo'lgan deya hisoblamoqda.Shuning uchun u mersisaydliklar safiga qaytishni istamoqda. 28 yoshli futbolchi Yurgen Klopp bilan gaplashdi va o'zini ortga qaytarish masalasini ko'rib chiqishni murabbiydan so'radi. Braziliyalik futbolchi maoshining kamayishiga ham qarshi emas. Koutinoning agenti Kia Jurabchian uning transferi ustida ish boshladi, deya xabar tarqatdi "Metro" nashri.Ammo iqtisodiy inqiroz tufayli "Liverpul"ning uning transferini amalga oshirish va unga yuqori maosh to'lash uchun etarli mablag'ga ega emas. Shu bois, mersisaydlilar Timo Verner transferi uchun kurashda muvaffaqiyatga erisha olishmadi.Koutino 2018 yilning yozida 145 million evro evaziga «Liverpul»dan «Barselona» safiga o'tgan edi. Joriy mavsumni u "Bavariya" safida ijarada o'tkazmoqda.
15-Iyun 2020,17:10