
Transfermarkt portalida La Liga futbolchilari narxlarining yangilangan baholari e'lon qilindi va asosiy «g'olib» Arda Gyuler bo'ldi.«Real»ning hujumkor yarim himoyachisi 20 yoshida birdaniga 30 million evroga qimmatlashdi va umumiy bahosi 90 million evroga etdi. Bu Ispaniya chempionatida haftaning eng katta o'sishi bo'ldi.Undan keyin ro'yxatda Kilian Mbappe joy olgan — frantsuz futbolchisining transfer qiymati yana 20 millionga oshib, 200 million evroga etdi. Bu esa uni dunyoning eng qimmat futbolchilari uchligida mustahkam ushlab turibdi.Qiymati o'sgan navbatdagi futbolchilar esa «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes va «Real» himoyachisi Alvaro Karreras bo'ldi — har biri yana 10 million evro qo'shdi. Endi Lopes 70 million evro, Karreras esa 60 million evroga baholanmoqda.
O'qildi: 66138 - Fikirlar: 0
O'qildi: 30308 - Fikirlar: 0





503