
"Barselona" matbuot xizmati jamoaning sobiq hujumchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suaresning FIFA-2015 klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrini bilan birga tushgan arxiv suratini e'lon qildi. Argentinalik, braziliyalik va urugvaylik bilan "ko'k-anorranglilar" 2015 yilning 20 dekabrida final o'yinida "River Pleyt"ni mag'lub etib (3:0) kubokni qo'lga kiritishdi.
"Bunday yoqimli xotira 10 yildan keyin", - deya suratga izoh qoldirdi "Barselona" matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida.

O'sha o'yinda Suares dubl qayd etdi, Messi hisobida yana bir gol bor edi. Neymar esa o'z navbatida hujumdagi sheriklarining har biriga bittadan golli uzatma amalga oshirdi. Oradan o'n yil o'tib Neymar Braziliyada "Santos" sharafini himoya qilmoqda, Messi va Suares esa MLSning "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qilmoqda.
O'qildi: 69200 - Fikirlar: 0





358