
Madridning "Real" va "Barselona" klublari 2025 yilda so'nggi o'yinlarini o'tkazishdi. "Ko'k-anorranglilar" tanaffusga La Liga turnir jadvali peshqadami sifatida yo'l olgan bo'lsa, "qaymoqranglilar" ikkinchi pog'onada bormoqda.
Mashhur WhoScored portalining o'rtacha baho bo'yicha chempionatning eng yaxshi o'yinchilari reytingini "Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal boshqarmoqda - 8,34. Keyingi o'rinda "Real" to'purari Kilian Mbappe (8,04), uchlikni esa Kataloniya grandining yana bir vakili Rafinya Dias (7,47) yakunlab bergan. To'rtinchi va beshinchi o'rinlar yarim himoyachilar Jud Bellingem (7,40) va Pedriga (7,32) tegishli.
Bu borada Vinisius Junior (7,31) biroz ortda qolgan bo'lsa, boshqa jamoalar vakillari orasida eng yaxshi ko'rsatkich "Betis" vakili Antonida - 7,30.
O'qildi: 69200 - Fikirlar: 0





399