
"Barselona" himoyachisi Jerar Martin 2026 yilgi rejalari haqida gapirdi. Martinning so'zlariga ko'ra, u "ko'k-anorranglilar" bilan barcha sovrinlarni yutishni xohlaydi.
"2026 yilda Chempionlar Ligasi va boshqa barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman. Mavsum boshidan buyon sezilarli darajada yaxshilandik. Chempionlar Ligasida Londondagi mag'lubiyat og'riqli bo'ldi ["Chelsi"ga qarshi 0:3], ammo bu bizga foyda keltirdi," - dedi Martin "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilda "Barselona" ichki arenadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Chempionlar Ligasiga kelsak, Xans-Diter Flik jamoasi yarim finalga qadar etib borib, "Inter"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (3:3, 3:4).
Oxirgi marta "Barselona" 2015 yilda Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.
O'qildi: 69200 - Fikirlar: 0





437