
"Barselona" futbolchisi Fermin Lopes jamoaning Chempionlar ligasi joriy mavsumidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
O'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar" uchun yarim finalda Milanning "Inter" klubiga mag'lubiyat bilan yakunlangan edi.
"Milandagi mag'lubiyatdan keyin juda og'ir bo'ldi. Hamma - futbolchilar, klub, muxlislar ishtiyoqqa to'la edi, birdan hammasi bir zumda tugadi. Juda og'riqli tajriba.
Bizda raqobatbardosh jamoa bor - yana bir bor urinib ko'ramiz. Maqsadga hali uzoq, unga qadam-baqadam borish kerak, ammo biz finalga chiqishni va g'alaba qozonishni xohlaymiz. Umid qilamanki, bu sodir bo'ladi. Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish - bizning maqsad va orzumiz," - deya Fermin so'zlarini keltirmoqda Barca Universal.
Xans-Diter Flik jamoasi olti turdan so'ng turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.





546