
"Barselona" futbolchisi Fermin Lopes maydondagi sevimli pozitsiyasini aytdi. 22 yoshli ispaniyalik o'zining universalligi bilan tanilgan: so'nggi ikki mavsumda Xans-Diter Flik uni hujumning ikkala qanotida, hujumchi ostida va o'rta chiziqda o'ynatishga muvaffaq bo'ldi.
"Qaysi pozitsiyada menga eng qulay? O'ynash imkoniyatining o'zidan xursandman. Chap qanot vingeri, o'ng qanot vingeri, hujumchi, hujumkor yarim himoyachi - men istalgan joyda o'ynay olaman. Agar baribir tanlash kerak bo'lsa, men o'zimni hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida eng yaxshi his qilaman - aynan o'sha erda mening sifatlarim eng yaxshi tarzda namoyon bo'ladi," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Fermin Lopes joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 18 ta o'yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.





398