
«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2025/2026 yilgi mavsumda beshta etakchi ligadagi barcha futbolchilar orasida eng ko'p dribling urinishlarini amalga oshirdi. WhoScored ma'lumotlariga ko'ra, u jami 153 ta dribling urinishini bajarib, shulardan 78 tasini muvaffaqiyatli yakunlagan.Yamal 2023 yil iyulidan buyon «Barselona» safida to'p suradi. 2025 yil yozida klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha uzaytirilgani ma'lum bo'ldi.Joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida vinger barcha musobaqalar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 200 million evroga teng.«Barselona» chempionat turnir jadvalida 46 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoaning Madridning «Real» klubidan ustunligi 4 ochkoni tashkil etmoqda.





371