
«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning faoliyati haqida fikr bildirdi. Funktsionerning so'zlari Dubayda bo'lib o'tgan Globe Soccer Awards marosimida yangradi. U erda Flik 2024/2025 mavsumida La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.«Bu — o'z ishining haqiqiy professionali, u o'z ishtiyoqini futbolchilarga etkaza oladi. Xansi Flik nomidan ushbu mukofotni qabul qilish men uchun katta sharaf. Unga va butun murabbiylar shtabiga chin dildan minnatdorlik bildiraman.Uning muvaffaqiyati asosida klubga ham, shaharga ham tez moslasha olgani yotadi. U atrofiga ajoyib bir fikrdoshlar jamoasini jamlay oldi. Xansi — ulkan ishtiyoq sohibi bo'lgan, futbolchilarga alohida e'tibor va nozik munosabatda bo'ladigan inson.O'tgan mavsum davomida biz raqiblarga kuchli bosim o'tkazdik va ofsayd tuzog'imiz deyarli mukammal ishladi. Hozir esa vaziyat yanada murakkab: biz La Ligada peshqadammiz va jamoa o'tgan yilgi natijalarni takrorlash, hatto ularni ortda qoldirishga qodir, deb ishonamiz.Chempionlar ligasida biz kerakli xulosalar chiqardik, La Ligada esa oxirgi turgacha kurashib, «Real»ni beshinchi bor mag'lub etdik. Bu chindan ham juda tomoshabop bo'ldi. Futbolchilar o'z iqtidori va «Barselona»ga sadoqatini namoyon qildi», — deya Laporta so'zlarini Mundo Deportivo keltiradi.Eslatib o'tamiz, Flik 2024 yildan beri «Barselona»ni boshqarib kelmoqda.
O'qildi: 62248 - Fikirlar: 0





302