«Barsa» «Siti» yulduzini tekinga transfer qilishga qiziqib qoldi

"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini tekinga o'z safiga qo'shib olishni juda xohlamoqda, chunki u haligacha "shaharliklar" bilan tugayotgan shartnomasini uzaytirmagan. Joriy qishda "Barselona" Silva bilan yozgi transfer borasida kelishib olmoqchi.
31 yoshli yarim himoyachi "Manchester Siti" safida 2017 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 29 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (317/+0)
Yangiliklar (36056/+12)
UzFIFA Yangiliklari (14.01.2026)
Futbol TV Yangiliklari (14.01.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1844)
Eng ko'p o'qilgan
11-Yanvar
23:10
8-Yanvar
20:30
11-Yanvar
01:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





386