
"Barselona" prezidenti Joan Laporta La Liga doirasidagi "Real Ovedo"ga (3:0) qarshi o'yinda "Kamp Nou" stadionining ayrim hududlari suv ostida qolgani haqida gapirdi.
Xususan, yomg'ir tufayli jurnalistlar zonasi suv ostida qoldi. U eng zaif bo'lib chiqdi, chunki bu hududni himoya qiladigan to'liq tomga ega emas.
"Yomg'ir yog'sa, shalabbo bo'lamiz deb o'ylagandik, chunki tom hali bitmagan. Hamma qatori ivib ketamiz, deb o'ylagandim. Yomg'ir hammamizni g'aflatda qoldirdi. Soyabon olishni rejalashtirmagan edim.
Stadion qurilmoqda. Kerakli narsalarni tuzatamiz.
Har kuni bu erga kelganimizda qandaydir yangilik qilinayotganini ko'ramiz. Uchinchi yarus ishlari ham, ichki pardozlash ishlari ham yaxshi ketmoqda. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda", - dedi Joan Laporta.





367