
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning jarohati tufayli "Jirona"dan qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men yangilikni ko'rdim, lekin hozircha u bilan gaplasha olmadim. Unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Qaytish masalasiga kelsak, aytadigan gapim yo'q. Uning jarohati borligini aniq bilaman, ammo keyin nima bo'lishini bilmayman", - deya Flikning so'zlarini keltiradi AS.
Avvalroq, darvozabon tizza osti payining yorilishi tufayli 2 oyga safdan chiqqani, natijada "Jirona" Kataloniya klubi bilan ijara shartnomasini bekor qilishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.
33 yoshli nemis uchun bu so'nggi vaqtlardagi ikkinchi jiddiy jarohat bo'ldi, u o'tgan yilning avgustidan dekabrigacha belidagi muammolar tufayli maydonga tushmadi.
O'qildi: 138320 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51057 - Fikirlar: 0





360