MYuning angliyalik hujumchisi Markus Reshford "Barselona"ga to'liq o'tishni istaydi, u hozir bu erda ijara asosida o'ynamoqda. Ko'rinishidan, har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
Adrian Sanchesning aytishicha, "Barselona" vakillari allaqachon Reshford atrofidagilar bilan bog'langan. Tomonlar futbolchining kelajagini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Klub uni tarkibni kuchaytiruvchi o'yinchi deb hisoblaydi, ammo faqat bitta shart bilan — agar u o'zining yuqori maoshidan voz kechishga rozi bo'lsa.
Yakuniy narx va qaror mavsum oxirida qabul qilinadi.
Reshford joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.
Qayd etish joizki, Markus ushbu mavsum La Ligada gollar va golli uzatmalar bo'yicha ikki xonali ko'rsatkichga erishgan atigi uchinchi futbolchi bo'ldi.
O'qildi: 138342 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51074 - Fikirlar: 0





311