
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, forvardni "Chikago Fayr" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Amerika klubi polyakni transferga ko'ndirishga harakat qilmoqda.
Futbolchiga yuqori maoshli ikki yillik shartnoma taklif qilingan, biroq Levandovski Evropa va Saudiya Arabistoni klublaridan ham taklif olgani uchun hali transferga rozilik bermagan.
Robert Levandovski 2022 yilda "Bavariya"dan 45 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Hujumchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 117219 - Fikirlar: 0





418