
«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik agar Viktor Font prezident etib saylansa, klubni tark etishi mumkin.
Jamoaning sport tuzilmasini belgilash prezidentlik saylovlaridagi asosiy masalalardan biriga aylanadi. «Marca» nashrining yozishicha, kim murabbiy va sport direktori bo'lishi, shuningdek, nomzod qanday transferlarni amalga oshirishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Garchi saylovlar hali rasman e'lon qilinmagan bo'lsa-da, Joan Laportaning asosiy raqibi Viktor Font allaqachon o'z niyatlarini ma'lum qilgan. Uning so'zlariga ko'ra, u Flikni qo'llab-quvvatlaydi, biroq hozirgi sport direktori Deku bilan ishlashni istamaydi.
Bundan so'ng nemis mutaxassisi Deku bilan ishlashdan mamnun ekanini va ular o'rtasida o'zaro ishonch shakllanganini ta'kidladi.
2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma mavjud bo'lsa-da, agar Font prezident etib saylansa, Flik «Barsa»da qolish-qolmasligi noma'lumligicha qolmoqda. Eng ehtimoliy variant sifatida, bunday holatda murabbiy shartnomasining qolgan bir yilidan voz kechib, klubdan ketishi taxmin qilinmoqda.
O'qildi: 117220 - Fikirlar: 0





413