
"Barselona" ijtimoiy tarmoqlarda hujumchi Markus Reshfordning holati bo'yicha ma'lumot e'lon qildi. Kataloniya klubining xabar berishicha, ingliz futbolchisi "Malorka"ga qarshi o'yinda olgan zarbasidan so'ng chap tizzasida og'riq his qilmoqda.
Reshford "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogining yaqinlashib kelayotgan bahsini o'tkazib yuboradi, deb ta'kidlaydi "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati.
Ma'lumki, 28 yoshli Markus Reshford "Barselona"da ijara asosida to'p surmoqda. U "ko'k-anorranglilar" safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'yishga ulgurdi.
"Atletiko" va "Barselona" Ispaniya Kubogi yarim finalida 12 fevral kuni to'qnash kelishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. Javob uchrashuvi esa 3 mart kuniga belgilangan.
O'qildi: 117244 - Fikirlar: 0
O'qildi: 42577 - Fikirlar: 0





377