
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi o'yinda erta almashtirishni amalga oshirishga qaror qildi.
Kataloniyaliklar Kubok yarim finalining 33-daqiqasiga keliboq «matraschilar»dan uchta gol o'tkazib yuborishdi. Mehmonlar ustozi bunga tezkorlik bilan munosabat bildirdi: 37-daqiqada u yarim himoyachi Mark Kasadoni maydondan oldi va uning o'rniga hujumchi Robert Levandovskini tushirdi.
"Men Kasadoga uni sariq kartochkasi borligi uchun almashtirishga majbur bo'lganimni aytdim. O'yin juda shiddatli kechayotgan edi va keyingi to'qnashuvda Mark maydondan chetlatilishi mumkin edi", — deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Barca Universal».
Qolgan vaqt davomida «ko'k-anorranglilar» yana bitta gol o'tkazib yuborishdi, ammo o'zlari gol ura olishmadi — 0:4.
O'qildi: 117262 - Fikirlar: 0
O'qildi: 42597 - Fikirlar: 1





242