
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida Madridning «Atletiko» jamoasidan qabul qilingan yirik mag'lubiyatdan (0:4) so'ng o'z shogirdlarini qo'llab-quvvatladi.
«Matraschilar» birinchi bo'limning o'zidayoq to'rtta gol urib, «ko'k-anorranglilar»ni hayratda qoldirishdi. Mehmonlar hatto tasalli beruvchi golni ham ura olishmadi va vaziyatni o'nglash vazifasini o'z maydonlarida o'tadigan javob o'yiniga qoldirishdi.
"Jamoamdan hafsalam pir bo'ldi, deb ayta olmayman. Men hali ham futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ehtimol, bu bugungi o'yinga taalluqli emasdir, lekin umuman olganda, joriy mavsumda ko'plab jarohatlarga qaramay, futbolchilar ishni a'lo darajada uddalashmoqda. Biz qiyinchiliklarni yaxshi engib o'tyapmiz — muvaffaqiyatsizliklardan keyin o'zimizni tiklashning doim uddasidan chiqqanmiz. Umid qilamanki, bu safar ham shunday bo'ladi", — dedi Flik matbuot anjumanida.
Javob o'yini 3 mart kuni bo'lib o'tadi.
O'qildi: 117262 - Fikirlar: 0
O'qildi: 42597 - Fikirlar: 1





242