
«Barselona»ning sobiq yulduzi Dani Alves jamoaning joriy mavsumdagi taktikasi, ayniqsa, mudofaadagi xatarli o'yini haqida gapirdi. Braziliyalik sobiq himoyachi Xansi Flikka ba'zi o'yinlarda ehtiyotkorlikni oshirishni maslahat berdi.
«Agar men «Barselona» va Xansi Flikka maslahat bera olsam, balki ayrim o'yinlarda himoyani bunchalik yuqori chiziqda o'ynatishni to'xtatish vaqti kelgandir, derdim. «Barsa» har doim jasur, har doim hujumkor o'ynaydi, lekin ba'zida shu yuqori himoya chizig'i raqiblarga ortda juda ko'p bo'sh joy qoldirib beradi», — deydi Alves.
Alvesning fikricha, bu taktika raqiblar uchun qulay imkoniyat yaratmoqda: «O'yinlarni tomosha qilar ekanman, jamoalar bu bo'shliqdan qayta-qayta foydalanayotganini ko'ryapman — bitta uzoq pas, bitta tezkor qarshi hujum va birdan himoya o'z darvozasi tomon yugurishga majbur bo'ladi. Hatto darvozabon ham jamoani qutqarish uchun juda ko'p qiyin seyvlar qilishiga to'g'ri keladi».
O'qildi: 117944 - Fikirlar: 0





611