
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya La Ligasining 24-turida «Jirona»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng mashg'ulot maydonida futbolchilar bilan bir soatlik uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.Mazkur uchrashuvda mutaxassis jamoa yo'l qo'ygan xatolarni tahlil qildi va o'z o'yin uslubidan voz kechmasligini ta'kidladi. Uning asosiy ustuvor vazifasi — o'yin uslubini o'zgartirish emas, balki jamoaning avvalgi intensivligini qayta tiklashdan iborat. Flik, agar futbolchilar maydonda to'g'ri joylashsa va yuqori pressing qo'llasa, raqib «Atletiko» yaratganchalik ko'p vaziyat yarata olmasligini qayd etgan.Eslatib o'tamiz, «Barselona» bundan avval Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida «Atletiko»ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
O'qildi: 117950 - Fikirlar: 0





577