
«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya o'tgan yili klubni qanday qilib tark etishiga bir baxya qolgani haqida so'zlab berdi.
Ispaniyalik futbolchi 2025 yilning yanvarida Italiyaning «Komo» klubiga o'tishga juda yaqin edi. Kelishuv amalga oshmadi va ko'p o'tmay futbolchi «ko'k-anorranglilar»ning asosiy tarkibidan mustahkam joy oldi.
«Komo»ga o'tishim aniqdek tuyulgan paytlar bo'ldi, ammo «Benfika» bilan o'yin hamma narsani o'zgartirib yubordi. Flik bilan suhbatdan so'ng qolishga qaror qildim va hozir bu to'g'ri tanlov bo'lganini ayta olaman», — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.
Futbolchi uchun taqdirni belgilab bergan «Benfika»ga qarshi bahs Chempionlar ligasining o'tgan mavsumidagi umumiy bosqich doirasida bo'lib o'tgan va kataloniyaliklarning 5:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan. O'sha o'yinda Garsiya o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan edi.
O'qildi: 117955 - Fikirlar: 0





564