
Ispaniyaning «Barselona» klubi «Manchester Siti» jamoasining 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvani o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etsa-da, «shaharliklar» rahbariyati u bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas.
TEAMtalk nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Bernardu Silva uchun kurashda «Barselona»dan tashqari Madridning «Atletiko», shuningdek, «Monako» va «Yuventus» klublari ham ishtirok etmoqda. Qayd etilishicha, «ko'k-anorranglilar» safiga o'tish imkoniyati Silvani yuqori sovrinlar uchun kurashish istiqboli bilan ko'proq o'ziga jalb qilishi mumkin.
Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi klub miqyosida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 117955 - Fikirlar: 0





563