
«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo jamoadoshi Pedrining o'rnini bosish qanday ekanligi haqida gapirib berdi.
Odatda hujumga yaqinroq harakat qiladigan 27 yoshli ispaniyalik futbolchi, Pedri jarohat olgan vaqtda uning pozitsiyasida maydonga tushdi.
«Bu rolning eng yoqimli tomoni — to'p bilan tez-tez muloqotda bo'laman, chunki «o'ninchi raqam» pozitsiyasida o'ynaganingda ba'zan o'yindan uzilib qolishing mumkin. Shuningdek, bu pozitsiyaning yana bir ustunligi shundaki, chuqur himoyalanadigan raqiblarga seni yopib qo'yish ancha qiyin kechadi. Eng yomoni esa — o'tish pallalari: raqib seni kutilmaganda chalg'itib qolsa, qarshi hujumni to'xtatish uchun ortga yugurishga to'g'ri keladi», — dedi Olmo o'z intervyusida.
Shanba kuni Xans-Diter Flik shogirdlari o'z maydonlarida «Vilyarreal» jamoasini qabul qilishadi.





310