"Minglab muxlislar ovoz bera olmasligidan mamnun emas. Tushunmayman, 2021 yilgi Ispaniyadagi referendumdagi kabi nega pochta yoki onlayn ravishda ovoz berish mumkin emas. Yig'ilishlar ham allaqachon onlaynga o'tib bo'lgan. Laporta bu borada "Barselona" "Real" kabi bo'lishini, saylovni mavsum o'rtasida o'tkazib, ovozlarni mahfiy qoldirish uchun onlayn ovoz berishning imkoni yo'qligini tushuntirmoqchi. U "Real"ning saylovlarsiz modelini qo'llab-quvvatlayapti.
Laporta parallel olamda yashaydi. Men saylov huquqiga ega bo'la turib, saylovda qatnasha olmaydishan muxlislar nomidan gapiraman, biz "Barselona"ni qo'limizdan chiqarmasligimiz kerak. Sobiq prezident quruq va'dalar, safsatalar orqali bu tizimga o'tishni istamayapti.
U onlayn ovoz berishni yo'q qilish orqali sun'iy ravishda saylovchilarning sonini tushirmoqchi. Bu nafaqat bizning, balki "Barselona"ning ham foydasiga ishlamaydi", - dedi Font.
"Barselona" prezidentligi uchun saylovlar 15 mart kuni o'tkaziladi.





367